Andijonda 12 ayol “Hizb ut-Tahrir”chilarga o‘ralashib qolgani aniqlandi
3-sahifa
−
18 yanvar 2022
11601Andijon viloyatida “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkilotining “Ayollar qanoti” guruhi a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, joriy yilning 16 yanvar kuni olingan tezkor ma’lumotga asosan DXX Andijon viloyati boshqarmasi va Andijon viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi hamda Andijon tumani IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkilotining “Ayollar qanoti” guruhi a’zolari bo‘lgan 12 nafar ayol Andijon tumanida yashovchi fuqaro M. M. ning xonadonida to‘planishib, “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkiloti faoliyatini targ‘ib qiluvchi diniy o‘qishxonlik qilib kelayotganlari aniqlangan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv tadbirlari davomida ushbu ayollar, hozirda Turkiya davlatida bo‘lgan 1972 yilda tug‘ilgan ayol M.X.ning ko‘rsatmasi asosida tez-tez bir birlarining xonadonlarida ziyofat bahonasida yig‘ilishib, M.X.dan ijtimoiy tarmoqlar orqali “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkiloti g‘oyalari bo‘yicha saboq olib kelayotganlari aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 24 dekabr kuni DXX Andijon viloyatida “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkiloti tarafdorlarining 12 nafar tarafdorlarini qo‘lga olgandi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15