Andijonda hokim o‘rinbosari jinoyat bilan ushlandi
3-sahifa
−
10 aprel 2023 15019 1 daqiqa
Andijonda Izboskan tuman hokimi o‘rinbosari jinoyat sodir etayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Andijondagi Izboskan tumani hokimining investitsiya sanoat va savdo yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari himoya hududidagi yer maydonini amaldagi tartibni buzgan holda sotib olib berishi evaziga 5,3 mln so‘m olgan vaqtda ushlangan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Aytilishicha, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi