Andijonda ham “chaqnash” sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
30 yanvar 2023
12203Bugun, 30 yanvar kuni soat 14:55 larda Andijon viloyati Andijon shahar 1-kichik dahada joylashgan 24/50-xonadonda gaz-havo aralashmasining chaqnash sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, chaqnash oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.
“Voqea joyiga zudlik bilan shahar FV bo‘limi xodimlari va 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari, Prokuratura, IIB, SSB hamda “Hududgazta’minot” hodimlari chiqishgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 yanvar kuni soat 16:15 larda Nukus shahri “Temir jol” mahallasidagi 4 qavatli uyning to‘rtinchi qavatida joylashgan xonadonlarning birida ham gaz portlagan edi. Oqibatda uy vayronalari ostidan 5 kishining jasadi topilgan.
Shunday bo‘lsada Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur holatni ham “chaqnash” deya atagandi.
LiveBarchasi