Andijon viloyati hokimi uyushmagan yoshlar bilan ishlashni boshlamoqchi

Jamiyat

image

Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisi davom etmoqda. Yig‘ilishda Andijon viloyat hokimi va senator Shuhrat Abdurahmonov 2020 yil yoshlar siyosatida tub burilish yili bo‘lishi va bu sohada tizimli ishlash lozimligini aytdi.

“Biz institut, kollej va kabi joylarga borib maqsadi bor yoshlar bilan ishlab, o‘zimizni ishlagan qilib ko‘rsatganmiz. Sizning nutqingizdan keyin ikki xil: uyushgan va uyushmagan yoshlar bilan bilan ishlashni boshlaymiz. Bizdan norozi, bizning “komanda”mizga qo‘shilishga o‘ylanib turgan va hayotda yo‘lini topa olmay yurganlar uyushmagan yoshlar deyiladi.

Andijonda 43500ta uyushmagan yoshlar bor ekan. Shundan 16500tasi ayollardan iborat. Bular ish topa olmagan yoki qandaydir maqsadiga erisha olmayotgan, uy-joydan muammosi bor yoshlar hisoblanadi. Yil davomida shular bilan ishlaymiz”, deydi Shuhrat Abdurahmonov.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy Majlis Shuhrat Abdurahmonov qoshma majlis

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing