Andijon va Jizzax neft bazasi mansabdorlari ishi sudga oshirildi

Jamiyat

image

Joriy yilning may oyida Jizzax, Buxoro va Andijon viloyatlarida neft baza mansabdorlari bir necha milliardlik neft mahsulotlarini talon-toroj qilgani aniqlangandi. Holat bo‘yicha neft baza mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi ochilgandi.

Bosh prokuratura Matbuot kotibining ma’lum qilishicha, “Andijon neft bazasi” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi joriy yilning 3 noyabr kuni ayblov xulosasi bilan mazmunan ko‘rib chiqish uchun Andijon viloyati sudiga yuborildi.

Shuningdek, “Jizzax neft bazasi” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi joriy yilning 27 sentyabr kuni ayblov xulosasi bilan mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Andijon neft bazasida 19 mlrd so‘mlik kamomad va Jizzax neft bazasida 35,4 mlrd so‘mlik debitor qarzdorlik aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

neft'

Baholaganlar

220

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing