“Andijon” Osiyo chempioni bilan shartnoma imzoladi

Sport

image

Vodiyning “Andijon” jamoasi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bilan Osiyo kubogini qo‘lga kiritgan Sayfiddin Sodiqov bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Sayfiddin Sodiqovning “Andijon” bilan tuzilgan mehnat shartnomasi tafsilotlari oshkor qilinmagan. 

Ma’lumot uchun, Sayfiddin Sodiqov 2008 yilning 27 iyun sanasida Toshkent shahrida tavallud topgan. U “Odil Junior” akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. 

Sodiqov bungacha Birinchi ligada “Ahmedov FK” jamoasida o‘ynagan. Shuningdek, 2025 yili terma jamoamiz tarkibida Osiyo chempioni bo‘lgan va shu yosh toifasida Jahon chempionatida qatnashgan. 

O‘zbekiston Superligasi yangi mavsumi joriy yilning 27 fevral kuni boshlanadi. Samvel Babayan shogirdlari 1-turda Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Andijon” O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi va bungacha “Paxtakor” safida to‘p tepgan Azizbek Turg‘unboyev bilan shartnoma imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston U-17 Sayfiddin Sodiqov “Andijon”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing