Andijon hokimi Prezidentga – kecha senatorlikning yangi qirralarini ochib berdingiz

Jamiyat

image

Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisi davom etmoqda. Unda Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov Shavkat Mirziyoyev va yig‘ilganlarga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Kechagi senatorlarlar bilan uchrashuvda senatorlikning yangi qirralarini ochib berdingiz. Avval ham senator bo‘lib ishlaganmiz, lekin oldimizda bunchalik vazifalarimiz borligini tushunmaganmiz. Balki yetib bormagandir, balki vaziyat shunday bo‘lgandir, bilmaganmiz.

Ikkinchisi, oldimizga mahalliy kengashlar faoliyatiga oid vazifalar qo‘ydingiz. Kecha shuni shaxsan o‘zim tushunib yetdim. Bu bilan o‘zimizga ham yengillik bo‘ladi, xalqning oldida ham javob berishimiz oson bo‘ladi. Biz ham deputatlar bilan ko‘rishib vazifalarni belgilab oldik.

Siz bizni ishlamasligimizga qo‘ymaysiz. Ikkinchi tarafdan xalqimiz ham qo‘ymaydi. Sababi xalqimiz talab qo‘yishda bizdan oldinga o‘tib ketyapti. Biz aslida oldinda yurishimiz kerak. Lekin ular oldinroq o‘tib ketmoqda. Agar shunga yarasha ishlamasak, deputat ham senator ham, hudud rahbari ham haligi aytilgan qayiqdan chiqib ketishimiz kerak bo‘ladi”, Andijon viloyat hokimi va senator.


Maqola muallifi

Teglar

Shuhrat Abdurahmonov

Baholaganlar

504

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing