Andijon hokimi ishdan olindimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshqa lavozimga o‘tishi munosabati bilan amaldagi lavozimidan ozod etilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati bunga o‘z munosabatini bildirdi.

"Ushbu xabarlar asosga ega emasligini ma’lum qilamiz. Bu borada hech bir yig‘ilish yoki rasmiy hujjatda so‘z yuritilgani yo‘q", deyiladi munosabatda. 

Qo‘shimcha qilinishicha, ayni daqiqalarda viloyat rahbari Shuhratbek Abdurahmonov kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va aholi muammolarini hal etish bo‘yicha ish yuritmoqda. Barcha rejalar kun tartibi bo‘yicha davom etyapti.

Ma’lumot o‘rnida, Shuhratbek Abdurahmonov 2013 yildan - hozirgi vaqtga qadar Andijon viloyati hokimi, Oliy Majlisi Senati a’zosi hamda xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati hisoblanadi.

Oxirgi paytlarda hokimning ishdan olingani haqidagi xabarlar tez-tez tarqalishi kuzatilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shuhratbek Abdurahmonov Andijon hokimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing