Ander Errera yozda MYUni tark etadi

Sport

image

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Ander Errera shu yozda PSJ klubi bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaning xabar berishicha, ispaniyalik futbolchi “mankunianlar” bilan shartnomasini uzaytirmaydi va parijliklar safiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Errera ayni vaqtda Parijda bo‘lib turibdi va u yerda klub va futbolchi o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda. PSJ futbolchiga haftasiga 170 ming yevro maosh bilan 2022 yilga qadar shartnoma taklif qilmoqda.

Ushbu mavsumda futbolchi MYU safida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Ander Errera

Baholaganlar

6

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing