Anchelottining kursisi “qimirlab qoldi”

Sport

image

“Real Madrid” rahbariyatidagi ba’zi nufuzli shaxslar “Barselona”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:4) klubning amaldagi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoani tark etishini istab qoldi. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, nomi oshkor etilmagan shaxslar jamoadagi kundalik ish jarayonining yo‘lga qo‘yilganidan norozi, shuningdek, murabbiyning yosh futbolchilarga bo‘lgan munosabati va ularga ishonchi yo‘qligi rahbarlarni qoniqtirmayapti. Xususan, turkiyalik yarim himoyachi Arda Gulerga Anchelotti yetarlicha imkoniyat bermagan.

Rahbariyat Karloning klubning so‘nggi yillardagi muvaffaqiyatlariga qo‘shgan hissasini yuqori baholaydi, biroq uning jamoadagi faoliyati yakuniga yetganiga ishonmoqda. 

Qayd etilishicha, kiyimlarni almashtirish xonasida o‘yinchilar o‘rtasida keskinlik kuchaymoqda, ammo Anchelotti shuncha gap-so‘zga qaramay, Madrid klubi prezidenti Florentino Peresning ishonchiga ega.

Anchelotti Yevropa Chempionlar ligasida besh marta g‘olib chiqqan yagona bosh murabbiy (ikki marta “Milan” bilan va uch marta “Real Madrid” bilan) va oltita finalda (2003, 2005, 2007, 2014, 2022, 2024) jamoalarni boshqargan mutaxassis hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Madrid Karlo Anchelotti Florentino Peres

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing