Anchelotti Zidanni ortda qoldirdi

Sport

image

Madridning “Real” klubi La Liganing 5-turida “Real Sosedad” ustidan irodali g‘alabaga erishdi (2:1). Bu orqali klub ustozi Karlo Anchelotti “qirollik klubi”dagi g‘alabalar soni bo‘yicha Zinedin Zidanni ortda qoldirdi. 

Shunday qilib italiyalik mutaxassis Madrid jamoasi safidagi 173-g‘alabasini nishonladi. Zidanda esa g‘alabalar soni 172 tani tashkil etadi.

Bu borada rekordchi ispaniyalik mutaxassis Migel Munos hisoblanadi. U “qaymoqranglilar” safida jami 357 ta g‘alabaga erishgan.

La Liganing ortda qolgan 5 ta turidan keyin “Real” yuz foizlik natija bilan peshqadamlik qilmoqda. “Qirollik klubi” azaliy raqibi “Barselona”ni 2 ochkoga ortda qoldirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Zinedin Zidan Anchelotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing