Anchelotti yozda “Real”dan ketishi mumkin

Sport

image

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda “Defensa Central” xabar berdi.

Italiyalik murabbiyning “qaymoqranglilar” bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnomasi bor, ammo Karlo Chempionlar ligasi chorak finalida “Arsenal” to‘sig‘idan o‘ta olmasa, Madrid klubi bilan munosabatlari shu yozdayoq uzilishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, agar “qirollik klubi” Chempionlar ligasida omadsizlikka uchrasa, Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan shartnoma imzolaydi va “Real”ni katta ehtimol bilan Xabi Alonso boshqaradi. Agar “Real” YeCHLda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa ham, Karlo klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida baribir jamoa bosh murabbiyi bo‘lib qoladi va keyin klubni tark etadi.

Avvalroq Dorival Junior Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etgandi. Anchelotti uning o‘rniga asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Karlo Anchelotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing