Anchelotti shaxsiy rekordini yaxshiladi

Sport

image

“Real” La Liganing 5-turida “Real Sosedad”ni mag‘lub etdi – 2:0. Madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uchun bu o‘yin ketma-ket mag‘lubiyatsiz 32-o‘yin bo‘ldi va bu uning yangi shaxsiy rekordiga aylandi.

“Real” so‘nggi bor italiyalik mutaxassis qo‘l ostida shu yilning yanvar oyida “Atletiko” bilan o‘yinda (2:4) mag‘lub bo‘lgandi.

Anchelotti o‘zining oldingi eng yaxshi mag‘lubiyatsiz seriyasini “Real Madrid”dagi 2013/2014 yilgi mavsumda (31 o‘yin) o‘rnatgandi.

“Real Sosedad” bilan o‘yinda madridliklar safida Kilian Mbappe va Vinisius Junior gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Har ikki futbolchi penaltidan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Jamoa navbatdagi o‘yinni Yevropa Chempionlar ligasi doirasida “Shtutgart”ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 17 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Anchelotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing