Anchelotti “Real” YeCHL favoriti sifatida ko‘rlimayortgani yaxshi ekanini aytdi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi ustozi Karlo Anchelotti Yevropa Chempionlar ligasining yangi mavsumida jamoasining favorit sifatida ko‘rilmayotganini yaxshi belgi deya atadi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Gap shundaki, “Seltik”ga qarshi uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlar Anchelottidan “Real”ning YeCHLni yutishga asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmayotganiga munosabatini so‘rashgan. 

“Hayron emasman. Men buni yaxshi belgi deb bilaman. O‘tgan yili ular bizga kamroq ishonishdi. Bu yil esa bizga nisbatan ishonch biroz ko‘proq. O‘tgan yilgidek oxirigacha kurashamiz. Umid qilamanki, yana finalga chiqamiz”, degan Karlo Anchelotti.

Shuningdek, “Real Madrid” oson guruhdan joy oldimi, degan savolga javoban italiyalik murabbiy guruhdagi barchaning imkoniyatlari tengligini aytgan.

“Bunday emas. Biz o‘ynashimiz kerak bo‘lgan barcha jamoalarning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. “Leypsig” va “Shaxtyor” kabi “Seltik” ham juda zo‘r raqib. Biz ularni hurmat qilishimiz kerak. O‘tgan yili “Sherif”ga qarshi qanday o‘ynaganimizni eslaymiz. Turnir boshida ko‘plab kutilmagan hodisalar bo‘lishini bilamiz. Menimcha, bizda imkoniyatlari teng guruh bor”, degan “Real” ustozi.

Ma’lumot uchun, bugun, 6 sentyabr kuni “Real Madrid” Yevropa Chempionlar ligasining 1-turi doirasida Shotlandiyaning “Seltik” jamoasiga qarshi to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Karlo Anchelotti “Real Madrid”

Baholaganlar

23

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing