Anchelotti “Real Madrid”ga qaytishi mumkin – OAV
Sport
−
15:32 695 1 daqiqa
Italiyalik futbol murabbiyi Karlo Anchelotti faoliyatida uchinchi bor “Real Madrid”ni boshqarishi mumkin. Bu haqda “The Touchline” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hozirda Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat olib borayotgan Anchelotti “qirollik klubi”ga o‘z xizmatlarini taklif qilgan. Madrid klubi hozirda uning nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Ayni paytda “Real Madrid”ni Xabi Alonso iste’fosidan so‘ng klubning sobiq futbolchisi Alvaro Arbeloa boshqarib kelmoqda.
Qayd etilishicha, 66 yoshli mutaxassis joriy yilning yozida Braziliya terma jamoasi bilan Jahon chempionatida ishtirok etadi. Uning terma jamoa bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi musobaqa yakuniga qadar amal qiladi.
Anchelottining maoshi yiliga 10 million yevroni tashkil etadi. Shuningdek, shartnomada Braziliya terma jamoasi turnirda g‘alaba qozongan taqdirda 5 million yevro miqdorida bonus to‘lanishi ham ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, Karlo Anchelotti “Real Madrid”ni 2013-2015 va 2021-2025 yillar oralig‘ida boshqargan. Ushbu davrda u 2 marta Ispaniya chempionati, Ispaniya kubogi va Ispaniya Superkubogi, 3 marta Chempionlar ligasi, 3 marta UEFA Superkubogi hamda 2 bor klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
Live
Barchasi