Anchelotti Peres bilan uchrashdi

Sport

image
0:00
0:00
download

“Real Madrid” prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan uchrashdi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Italiyalik mutaxassis keyingi mavsumda ham klubda qoladi. Peres va Anchelotti loyihani yaxshilash, jamoani kuchaytirish zarurligi haqida kelishib oldi. 

Transfer bozoridagi ishlar juda faol bo‘lishi kutilmayapti, ammo o‘zgarishlar ro‘y beradi. Xususan, asosiy vazifalardan biri Dortmundning “Borussiya” klubidan yarim himoyachi Jud Bellingemning transferi hisoblanadi.

Qayd etilishicha, “Real” rahbariyati yoshlar jamoasi a’zolari kelasi mavsumda asosiy jamoani to‘ldirishiga umid qilmoqda.

Anchelottining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. Joriy mavsumda italiyalik murabbiy boshchiligida madridliklar Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Florentino Peres “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing