Anchelotti Modrich haqida hazil qildi

Sport

image

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining 14-turida "Kadis"ga (2:1) qarshi o‘yindan so‘ng yarim himoyachi Luka Modrich haqida hazilomus fikr bildirdi. Futbolchi "Kadis" bilan bahsda bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qila olmadi va jamoasini biroz qiyin holatga tushirib qo‘ydi.

“Modrich o‘z imkoniyatidan foydalanganda hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirishimiz mumkin edi. Lukaning baxtiga Xorvatiya JCH-2022 uchun tarkibini e’lon qilib bo‘ldi. Hech qanday muammo paydo bo‘lmaydi", deydi Anchelotti.

Ispaniya chempionatining 14-turidan keyin “Real Madrid” 35 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam "Barselona"dan ikki ochko ortda qolmoqda.

Modrich joriy mavsumda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Yevropa Chempionlar ligasida 4 ta o‘yinda 2 ta golga mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Modrich Anchelotti

Baholaganlar

32

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing