Anchelotti Fergyusonning rekordini yangiladi

Sport

−

image

“Real Madrid” ustozi Karlo Anchelotti murabbiy sifatida Yevropa Chempionlar ligasida (YeCHL) eng ko‘p g‘alaba qozonish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bu haqda futbol jurnalisti Mister Chip o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turi doirasida “Real” o‘z maydonida “Braga”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Shunday qilib, Anchelotti bosh murabbiy sifatida YeCHLdagi 116-uchrashuvida g‘alabani tantana qildi va shotlandiyalik afsona Aleks Fergyusonning natijasini yangilagan. 

Anchelotti 2021 yildan beri “Real”ni boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.

Ta’kidlash joiz, 4 ta turdan so‘ng “Real” 4 ta g‘alabani qayd etib, muddatidan avval YeCHLda keyingi bosqich yo‘llanmasini naqd qildi.

Keyingi turda “Real” “Napoli” bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv 29 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing