Anchelotti “Arsenal”dan uchralgan mag‘lubiyatning asosiy sabablarini aytdi
Sport
−
09 aprel
2314Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) 1/4 finalining “Arsenal”ga qarshi birinchi o‘yinidagi yirik mag‘lubiyatdan so‘ng (0:3) “qaymoqranglilar”ning joriy mavsumdagi muammolariga to‘xtaldi.
“Nega jamoa ikkinchi bo‘limda barqaror natija ko‘rsatmayotganini tushuntirish oson emas. Biz birlashgan, yaxshi muvofiqlashtirilgan o‘yinni tashkil eta olmadik. Individual tomondan harakat qildik va bu bizga teskari ta’sir ko‘rsatdi, chunki jamoaviylikni yo‘qotdik. Oqibatda raqib to‘pni va eng muhimi, o‘yinning borishini yaxshiroq nazorat qildi”, deydi murabbiy.
Anchelotti nega futbolchilarga g‘alaba qozonish hissini singdirish qiyin kechayotganiga ham to‘xtaldi.
“Bu savolga javob topish ham qiyin. Jamoaning reaksiyasi ko‘p narsani talab qildi. Menimcha, bu butun mavsum davomida duch kelgan asosiy muammolarimizdan biri. Yaxshi va yomon davrlarda kompaktlikni saqlab qolish qiyin”, deydi Anchelotti.
Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 16 aprel kuni Ispaniya poytaxtida bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi