Ana xolos! “Oltin to‘p” Vinisiusga berilmaydi – manba

Sport

image

“Oltin to‘p” topshirilishiga sanoqli soatlar qoldi. Ovoz berish jarayonlarida “Manchester Siti” va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri g‘olib bo‘lgan. Bu haqda futbol jurnalisti Xose Luis Sanches ma’lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, so‘nggi haftalarda “Real Madrid” a’zosi Vinicius Junior favorit bo‘lib kelgan, biroq yakunda “shaharliklar” a’zosi g‘olib chiqqan. Shubhasiz, “Real Madrid” ovoz berish natijalaridan hayratda. 

Qayd etilishicha, Madrid klubi delegatsiyasi norozilik belgisi sifatida Parijdagi marosimni o‘tkazib yubormoqchi. Jumladan, Vinisius Junior ham Parijga uchmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Oltin to‘p” natijalari tarmoqlarga chiqarib yuborilgani xabar qilingandi. Ammo natijalar bilan hozirda chiqayotgan xabarlar bir-biriga to‘g‘ri kelmayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Oltin to‘p Vinisius

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing