Ana bo‘lmasa: Ikki rus ofitseri Ukraina raketasini qaytarolmagani uchun qamaldi
Olam
−
06 dekabr 2023
9387Ikki rus zobiti – podpolkovnik Anatoliy Bondarev va mayor Dmitriy Dmitrakov harbiy sud tomonidan jangovar navbatchilik qoidalarini buzgani va Ukraina armiyasi tomonidan Rossiya hududiga berilgan zarbani qaytarolmagani uchun to‘rt yilga qamaldi. Bu haqda “Kommersant’” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilning bahorida Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan uchirilgan raketalar Rossiyaning Belgorod viloyatidagi o‘q-dorilar omboriga tushgan va buning oqibatida u yerdagi harbiylardan 7 nafari o‘lgan va 43 nafari jiddiy jarohat olgan. Ushbu hujum ortidan rossiyalik navbatchi ofitserlar Bondarev va Dmitrakovga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Nashrning yozishicha, bu Ukraina armiyasining Rossiya hududiga kutilmagan hujumini qaytara olmagani uchun harbiylarga nisbatan tayinlangan birinchi sud hukmidir. Biroq manbalarga ko‘ra, ayni paytda shunga o‘xshash "jinoyatlar" ko‘payib bormoqda. Ya’ni, Ukrainadan kelgan har bir raketa yoki uchuvchisiz samolyot uchun terrorchilikka oid jinoiy ish qo‘zg‘atilsa, urib tushirilmagan dronlar sababli rossiyaliklarga nisbatan ehtiyotsizlikka oid ayblovlar qo‘yilishi mumkin.
LiveBarchasi