Amsterdamda karantin cheklovlariga qarshi norozilik boshlandi

Olam

image

Niderlandiya poytaxti Amsterdamda kecha, 21 mart kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi o‘rnatilgan cheklovlar ortidan namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Ularda ishtirok etganlarning 150 nafari hibsga olindi. Bu haqda shahar politsiyasining Twitter'dagi sahifasida xabar berilgan. 

Faollar Amsterdamdagi Muzey maydonida yig‘ilgan. 

Namoyish "erkinlik uchun kofe ichish" shiori ostida bo‘lib o‘tgan. 

Politsiya olomonni tarqatish uchun suv purkagichlardan ham foydalangan. 

"150 dan ortiq odam hibsga olingan, ularning aksariyati 2.2.-moddaga binoan (jamoat tartibini buzish)", deyilgan politsiya bayonotida.

Aksiyada Amsterdamning 300 ga yaqin aholisi ishtirok etgan. 

Ma’lumot o‘rnida, 20 mart kuni ham shaharda xuddi shunday norozilik namoyishi bo‘lib o‘tgan. O‘sha kuni 250 dan ortiq odam mitingda ishtirok etgan. Politsiya ularni suv purkagich yordamida tarqatgan. 

Niderlandiyada 1 218 412 kishi koronavirusga chalingan, 16 410 kishi kasallikdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

karantin Amsterdam

Baholaganlar

10

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing