Amorim qaysi klubni boshqarishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

“Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiyi Ruben Amorim Portugaliya ligasiga qaytishi mumkin. Mutaxassis “Benfika” bosh murabbiyi lavozimiga nomzod sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda “talkSPORT” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Lissabon klubining hozirgi murabbiyi Joze Mourinoning kelajagi noma’lum. Uning shartnomasida 2026 yil yozida muddatidan oldin ketish imkoniyati mavjud. Agar Mourino Roberto Martinesning ketishi sababli Portugaliya terma jamoasini boshqarish taklifini olsa, bu variant faollashishi mumkin.

Amorim Mourinoning o‘rnini bosishga asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi. U “Benfika” yoshlar tizimida o‘qigan va ikki mavsum jamoada o‘ynagan. Murabbiylik faoliyatida esa Amorim Portugaliyada “Kasa Pia”, “Braga” va “Sporting” jamoalarida ishlagan.

Ma’lumot uchun, “Benfika” ayni paytda Portugaliya chempionatida uchinchi, Chempionlar ligasi jadvalida esa 25-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ruben Amorim “Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Joze Mourin'o “Manchester Yunayted” “Benfika” Ruben Amorim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing