“Amirsoy”da 34 yoshli erkak to‘satdan vafot etdi
Jamiyat
−
17 fevral 2020
10286Kecha, 16 fevral kuni “Amirsoy Resort” tog‘-chang‘i kurortida 34 yoshli erkak to‘satdan vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa soat 15:05 da sodir bo‘lgan. Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro I.A. dam olish maskanida to‘satdan sog‘lig‘i yomonlashib vafot etgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra vafot etishiga sabab “yurak xastaligi” ekani ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, “Amirsoy Resort” tog‘-chang‘i kurorti 2019 yilning 21 dekabr kuni foydalanishga topshirilgan. Joriy yilning 7 yavanr kuni kurortining chang‘i uchish trassasida bir odam halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023