Amir Temur xiyobonida yarim tunda muxlislarini to‘plagan rossiyalik blogerga chora ko‘rildi

Jamiyat

image

Avvalroq, 13 iyul kuni taxminan soat 22:30 larda “Subo” nomi bilan tanilgan rossiyalik bloger Subxan Mamedov bilan uchrashish uchun Toshkent shahrining Amir Temur xiyobonida 200 ga yaqin fuqarolar karantin cheklovlariga rioya etmasdan to‘planganligi haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan dastlabki tekshiruv natijasiga ko‘ra, 26 nafar fuqaro (shu jumladan, Subhan Mamedov va uning kuzatuvchilari) karantin qoidalariga zid ravishda jamoat joyida tibbiy niqobsiz bo‘lgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) asosan javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, 83 nafar fuqaroga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirish jarayonida 9 nafar voyaga yetmagan shaxsning ota-onasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, ogohlantirilgan. Hozirda surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

“Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari! Yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorlashmagan, shuning uchun sizlardan karantin qoidalariga qat’iy rioya etishingizni, respublika maxsus komissiyasining qarorlariga amal qilishingizni va sog‘lig‘ingizga e’tiborli bo‘lishingizni so‘rab qolamiz. Ijtimoiy tarmoqlar orqali turli chaqiruvlarga uchmang va jamoat tartibini buzmang”, deyiladi boshqarma xabarida.

Qayd etish kerakki, yarim tunda muxlislarini to‘plagan rossiyalik bloger uzr so‘rashga ham ulgurdi. Keyinchalik SSV rossiyalik bloger yarim tunda 200 ga yaqin muxlislarini to‘plaganiga munosabat bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

466

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing