Amerikaning eng go‘zal ayoli aniqlandi

Bu qiziq

image

AQSHning Alabama shtatidagi Obern universitetining 22 yoshli hamshira talabasi Abbi Stokard “Amerika go‘zali 2025” tanlovi tojini qo‘lga kiritdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Musobaqa Florida shtatining Orlando shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda Amerikaning 52 shtati va Kolumbiya okrugidan vakillar ishtirok etdi.

“Miss Texas” unvonini qo‘lga kiritgan birinchi xorijlik Anette Addo-Yobo ikkinchi deb topildi, Tennessi, Florida va Ogayo shtatlari vakilalari kuchli beshlikni yakunladi.

Musobaqa ishtirokchilarning yaltiroq tilla rangli mini liboslar va qora kamarlarda sahnaga chiqishi bilan boshlandi, hafta boshida o‘tkazilgan dastlabki musobaqalardan 11 nafar finalchi tanlab olingandi.

Bellashuv davomida toj va 50 ming dollar pul mukofoti uchun kurashayotgan finalchilar raqs mashqlarini ijro etgan va shaxsiy intervyu, fitnes, iste’dod, kechki moda va sahna savoli singari bir nechta nominatsiyalar bo‘yicha bellashgan.

Ma’lumot uchun, ushbu tanlovning 2024 yildagi g‘olibi AQSH armiyasi zobiti Alma Kuper bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 76 mamlakat vakilalari ishtirok etgan “Miss Earth” (Yer go‘zali) tanlovida avstraliyalik model Jessika Leyn g‘olib bo‘lgandi va Yer yuzining eng go‘zal ayoli bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Abbi Stokard “Amerika go'zali 2025” tanlovi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing