Amerikaning bosh begoyimi Oq uyni Yangi yilga tayyorladi (fotoreportaj)

Olam

image

AQSH Prezidentining rasmiy qarorgohi bo‘lmish Oq uy an’anaga ko‘ra Yangi yil oldidan bezatildi. Bu yilgi dekoratsiyalar mavzusi “Sehr, hayrat va quvonch” bo‘ldi. Doimgidek bu ishlarga AQSH birinchi xonimi Jill Bayden bosh-qosh bo‘ldi. 

Мовий xonaга o‘rnatilgan archa

“Bayramlar mulohaza yuritish va tig‘iz hayotimizda tanaffus qilish, do‘stlarimiz va oilalarimiz bilan to‘liq birga bo‘lish mavsumini taklif qiladi. Bu, shuningdek, minnatdorlik mavsumi", degan Jill Bayden amerikalik harbiylarning oilalarini bayram dekoratsiyasi bilan bezatilgan Oq uyning birinchi mehmonlari sifatida kutib olar ekan.

Yangi yil uchun bezatilgan Оvaл xona

Prezident qarorgohini bezash uchun 98 ta archa daraxti, 72 ta gulchambar, 2,8 mil (4,5 km) lenta, 22 000 dan ortiq qo‘ng‘iroqlar va 350 dan ortiq shamlar ishlatilgan. Shuningdek, 33 892 ta bezak va 142 425 ta bayram chiroqlarini o‘z ichiga olgan dekoratsiya 300 dan ortiq ko‘ngillilar yordamida bir hafta davomida o‘rnatilgan.

Vermeil xonaси Америка Қўшма Шtaтлари денгиз пиёдалари гуруҳи фигуралари акс эттирилган механик театр bilan bezatilgan

Birinchi xonimning so‘zlariga ko‘ra, Oq uydagi har bir xona bolalarning "sof, filtrsiz zavq va tasavvurini" qo‘lga kiritish uchun mo‘ljallangan.

Мовий xonaдаги archa daraxti taгидаги ўйинчоқ поезд

Oq uyga bu yilgi bayram mavsumida 100 mingga yaqin odam tashrif buyurishi kutilmoqda.

Oq uyning Хитой xonaси ширинликлар дўконига айланди, столлар bayramона taомлар bilan тўлдирилди

Oq uy кутубxonaсидаги archa безаги

Қорбобога мактублар birinchi қаvaт коридори бўйлаб жойлаштирилган.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Oq uy Yangi yil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing