Amerikaliklar norozi. Ular yangi partiya xohlamoqda
Olam
−
16 fevral 2021
4303AQSH uchinchi yirik siyosiy partiyaga muhtoj. Gallup instituti o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, buni 62 foiz amerikaliklar qo‘llab-quvvatlagan, deb xabar bermoqda "The Hill".
So‘rovnomada qatnashgan AQSH fuqarolariga ko‘ra, asosiy partiyalar, ya’ni, Demokratik va Respublikachilar partiyalari "yaxshi ishlamayapti".
Shu bilan birga, respondentlarning 33 foizi Demokratlar va Respublikachilar vazifalarini "yetarlicha" bajaradi, deb hisoblashgan.
Ma’lumot o‘rnida, so‘rovnoma joriy yilning 21 yanvaridan 2 fevraligacha o‘tkazilgan.
So‘rovnomada AQSHning 50 ta shtatidan bo‘lgan 906 nafar respondent bilan suhbat o‘tkazilgan.
LiveBarchasi