Amerikaliklar mitti sun’iy yurak ishlab chiqdi

Olam

image

AQSHning Los-Anjeles shahrida joylashgan Cidars-Sinay tibbiyot markazi olimlari inson yuragi funksiyalarini bajara oladigan maxsus chipni yasadi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

Bildirilishicha, ushbu nanotexnologiya turli kasalliklarni davolashda qo‘llanilishi mumkin. Xususan, u saraton muolajasiga doir tadqiqot va sinovlarda asqotishi, bundan tashqari, mitti qurilma yurak faoliyatini batafsil o‘rganish hamda uning kasallik paytidagi holatini tekshirish imkonini beradi. 

Shuningdek, endi yangi dorilar jonivorlarda emas, shu "chip-yurak"da sinovdan o‘tkazilishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, moslama konstruksiyasi uchun tiklanuvchi to‘qimalardan foydalanilgan. Ularning bir qismi mushak to‘qimalari, qolgan qismi esa qon tomirlarini hosil qiladi. Bunda mushak to‘qimalari xuddi inson yuragi singari bir daqiqa ichida 60 marta urish chastotasida qisqaradi va haftalab to‘xtovsiz ishlay oladi.

Mazkur chip hozircha haqiqiy yurak o‘rnini bosa olmasa-da, tadqiqotchilar undan tibbiy amaliyotda tajriba sifatida foydalanmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ilk marta odam miyasiga gadjetlardan fikrlar yordamida foydalanish imkonini beruvchi Neuralink neyrochipi o‘rnatilgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing