Amerikaliklar Baydenning so‘zlari uchun Rossiyadan uzr so‘radi 

Olam

image

Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasiga Amerika fuqarolaridan AQSH Hukumatining rasmiy Moskvaga yo‘llagan bayonotlari uchun uzr so‘ralgan xatlar kelib tushdi. Bu haqda Rossiyaning AQSHdagi elchisi Anatoliy Antonovning elchixonaning Facebook'dagi sahifasida joylashtirilgan bayonotida aytilgan.

Diplomat AQSH va Rossiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun elchixonaga xat yuborgan amerikaliklarga minnatdorlik bildirgan.

“Ko‘pchilik norozilik bildirdi va yaqinda Vashingtondan Rossiya Federatsiyasiga qilingan shoshilinch bayonotlar uchun uzr so‘radi”, degan u o‘z bayonotida. 

Antonov o‘ziga “davlatlar o‘rtasidagi muloqot o‘zaro hurmat va tenglikka asoslangan bo‘lishi kerakligini tushunadigan” AQSH fuqarolarining pozitsiyasi ta’sir qilganini tan olgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikaliklarning bunday yondashuvi ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi aloqalarni normallashtirish imkoniyatlari "saqlanib qolayotganligini" ko‘rsatmoqda. 

Avvalroq, Bayden ABC News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya AQSHdagi saylovlarga aralashishga uringani uchun Putin javob berishi kerakligini aytgandi. Keyin esa jurnalistning “Siz Putinni qotil deb o‘ylaysizmi?”, degan savoliga u quyidagicha javob qaytardi: “ha, o‘ylayman”. 

Putinning o‘zi Baydenning so‘zlariga munosabat bildirib, unga sog‘lik tiladi. Keyinroq esa Rossiya Prezidenti Baydenga jonli efirda muloqot qilishni taklif qildi. 

Oq uy esa Jo Baydenning yetarlicha band ekani va Vladimir Putin bilan gaplasha olmasligini ma’lum qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Bayden

Baholaganlar

1262

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing