Amerikaliklar Baydenni “qari”, Trampni “ahmoq” deb hisoblaydi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Baydenning yoshi uning amerikaliklar orasida qo‘llab-quvvatlash darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda “Associated Press” nashri ma’lum qildi.

Gap shundaki, Amerikaning Jamoatchilik bilan aloqalarni o‘rganish markazi “Baydenni saylaysizmi?” qabilidagi savol bilan amerikaliklar orasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Respondentlarga ko‘ra, Baydenning yoshi biroz o‘tib qolgani saylovchilar uchun ko‘proq tashvish tug‘diradi va bu omil uning 2024 yilgi kampaniyasiga zarariga xizmat qilishi mumkin. 

“So‘rovda qatnashganlarning 77 foizi Baydenni yana to‘rt yil prezident bo‘lish uchun juda qari, deb baholadi. Nafaqat respublikachilarning 89 foizi, balki demokratlarning 69 foizi ham shunday fikrda”, deb yozilgan so‘rovnoma bayonotida.

“Odamlar sizni hisobdan chiqarib, yoshingiz o‘tganini aytishsa, bu oson emas. Jin ursin, men bu haqda nimanidir tushunaman”, deya hazil qilgan edi davlat rahbari avvalroq.

Shuningdek, so‘rov ishtirokchilarining uch foizi AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampni “aqlsiz” deb atagan, 1 foizigina esa uni “qari” deb ta’riflagan.

Ma’lumot uchun, Tramp 2017 yilda prezidentlik kursisini egallaganda 70 yoshda edi. Bu ko‘rsatkich bilan u 69 yoshida prezident bo‘lgan Ronald Reyganning rekordini ortda qoldirib, AQSH tarixidagi eng keksa prezidentga aylangan. Ammo 2021 yilgi saylovda rekord Bayden tomonidan yana yangilandi – u 78 yoshida prezidentlikka saylandi.

Eslatib o‘tamiz, AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Amerikaning amaldagi yetakchisi Jo Bayden Ukraina va boshqa bir qator davlatlar tomonidan nazorat qilinishi, Oq uy rahbari ulardan millionlab dollar olganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing