Amerikalik taniqli bokschi hibsga olindi

Sport

image

Amerikalik bokschi, og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder noqonuniy qurol saqlashda ayblanib, Los-Anjelesda hibsga olindi. Bu haqda TMZ xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bokschi avtomobil oynalari qoraytirilgani va davlat raqami yashirilgani sababli yo‘lda to‘xtatilgan. Uaylderni qo‘lga olgan politsiyachi marixuana hidini sezgan va shu asosda avtomashinani tintuv qilgan, uning ichidan marixuana va 9 millimetrli to‘pponcha topilgan. Uaylder hibsga olinganidan keyin bokschi xodimlarga nisbatan xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘lgan va erta tongda qo‘yib yuborilgan.

Keyinroq Twitter'da Uaylder noqonuniy qurol saqlagani uchun hibsga olingani haqida shunday izoh berdi: “Afsuslanishdan ko‘ra xavfsizroq yurishni afzal ko‘raman”.

Uaylder o‘zining professional faoliyatida 46 ta jang o‘tkazgan, janglarning 43 tasida g‘alaba qozongan (42 tasi nokaut bilan), ikkitasida mag‘lubiyatga uchragan. Uning yana bir jangi durang bilan yakunlangan.


Maqola muallifi

Teglar

boks Deontey Uaylder

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing