Amerikalik talabalar tarakanni kiborgga aylantiradigan qurilma yasadi (video)
Texnologiya
−
17 fevral
9920AQSHda universitet talabalari tarakanlarni kiborgga aylantirish uchun maxsus qurilma ishlab chiqdi va ushbu to‘plamlarni savdoga chiqardi. Bu haqda “Backyard brains” nashri xabar berdi.
Bildirilishicha, qurilma hasharotning ustiga yopishtiriladi. So‘ngra u buyruq bo‘yicha razryadlarni yuboradi. Bu esa tarakanning harakatlarini boshqarish imkonini beradi. Uskuna ulanganidan so‘ng, bir necha daqiqa hasharotning moslashishini kutish kerak bo‘ladi. So‘ngra uni chap yoki o‘ngga harakatlantirish imkoni paydo bo‘ladi. Ammo simulyatsiya 2-7 kundan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotadi. Shundan so‘ng qurilma egasi hasharotni qo‘yib yuborishi va tajribani boshqa tarakan bilan davom ettirishi kerak bo‘ladi.
Talabalar uskunaga “RoboRoach“ deb nom berdi. Qo‘shimcha jihozlarni ham o‘z ichiga olgan to‘plamning og‘irligi batareya bilan birga qo‘shib hisoblaganda 4,4 grammni tashkil qiladi. Batareyaning quvvati 1 oyga yetadi. Hozirda to‘plamning narxi 160 AQSH dollari etib belgilangan.
Bundan tashqari, RoboRoach neyron mikrostimulyatsiyani o‘rganish va elektronika bilan shug‘ullanishda asqatishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq hindistonlik talaba inson xayollarini o‘qiydigan qurilma ixtiro qilgandi.
LiveBarchasi