Amerikalik “Matmusa” tuvakka tushib, chiqolmay qoldi (video)
Bu qiziq
−
10 yanvar
11722AQSHda Yangi yil bazmiga tashrif buyurgan yosh yigit katta dekorativ tuvakka tushib, chiqolmay qoldi. Bu haqda “Unilad” nashri xabar berdi.
Voqea Alabama shtatida joylashgan dala hovlilardan biridagi ziyofatda sodir bo‘lgan. Mehmonlardan biri tuvakka tushib, u yerda tiqilib qolgan. Dastlab bu holatni uning o‘zi ham kulgi bilan qabul qilgan. Ammo keyin har qancha harakat qilmasin, erkinlikka chiqolmagach, asabiylasha boshlagan.
Tadbir ishchilari va tashrif buyurgan boshqa mehmonlar uni chiqarib olish yo‘llarini qidirgan. Atrofda kulgi ko‘tarilgan, ba’zilar esa unga dalda berishga uringan.
Qutqaruv borasida bo‘lgan uzoq muhokamalardan so‘ng, tuvak bolg‘a bilan sindirildi va yigit chiqarib olindi. Ushbu voqeadan olingan surat va videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va foydalanuvchilar orasida ommalashib ketgan. Ammo yigitning nima uchun tuvakka tushgani sir bo‘lib qoldi.
“Men u butun umrini shu tuvakda o‘tkazadi, deb o‘ylagandim”, deydi voqea guvohlaridan biri.
X (sobiq Twitter) dagi muhokamalarga ko‘ra, sindirilgan tuvak 3 ming dollar bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida velosipedda ketayotgan 14 yoshli bolaning boshi yo‘l chetida o‘rnatilgan beton elektr tayanchining teshigiga tiqilib qolgandi.
LiveBarchasi