Amerikalik diplomatlar dunyoda AQSHga nisbatan g‘azab oshayotganidan xavotirda

Olam

image

O‘nlab amerikalik diplomatlar AQSH Prezidenti Jo Baydenni Vashingtonning Isroilni qo‘llab-quvvatlashi fonida arab dunyosida AQSHga nisbatan g‘azab ortib borayotganidan ogohlantirdi. Bu haqda "Al Hadath" telekanali xabar berdi

Ikkinchi oyga qadam qo‘ygan Isroilning falastinliklarga qarshi qonli hujumlari ortayotgan bir paytda, AQSH ma’muriyatida ham dunyodagi g‘azabli "ovoz"larning ko‘payib borayotganidan xavotir paydo bo‘lmoqda.

CNN ham AQSH ma’muriyati bir nechta mamlakatlardagi elchilaridan xalqaro miqyosda AQSHga nisbatan norozilik ortayotgani haqida "signal" jo‘natganini ma’lum qilgan. Ularning fikricha, Bayden ma’muriyati Isroilning G‘azodagi kampaniyasini bu qadar ochiq himoya qilmasligi kerak edi. AQSHning ushbu pozitsiyasi kelajakda boshqa mamlakatlarda ham AQSH tomonidan hech bir sababsiz shunday qirg‘inlar uyushtirilishi mumkin, degan xatarli dunyoqarashni paydo qilishi mumkin.

Ummon sultonligidagi diplomatlar esa Vashington axborotlar jangida ham mag‘lub bo‘layotganini qayd etgan. Bu esa Isroilning "G‘azodagi jinoyatlari uchun javobgarlikda AQSHni ham teng sherikka aylantirishi" mumkin. 

"Dunyoning AQSHga munosabati G‘azodagi qurbonlar soni 11 mingga yetgan bir paytda tubdan o‘zgarmoqda. Ko‘plab manbalar Isroilning havo hujumlari oqibatida har kuni halok bo‘layotgan tinch aholi vakillarining suratlari, videolarini tarqatmoqda", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing