Amerikalik bokschini oila a’zolari ko‘z o‘ngida otib ketishdi
Sport
−
27 dekabr 2021
9326Joriy yilning 24 dekabr kuni professional boksning superog‘ir vaznli bokschisi Denni Kelli (10-3-1) yo‘lda otishmada o‘z ayoli va uch nafar farzandi ko‘z o‘ngida o‘ldirib ketilgan. Bu haqda “Boxing Scene” nashri xabar berdi.
“Hozirda tergovchilar ushbu vaziyatining tafsilotlarini aniqlashga harakat qilmoqda”, deyiladi mahalliy huquq-tartibot idoralari bayonotida.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Kelli tushdan keyin bolalari va rafiqasi bilan Yangi yilga bag‘ishlangan bayramga ketayotganida, noma’lum shaxs amerikalik bokschining mashinasi yoniga kelgan va unga qarata o‘q uzgan. Qayd etilishicha, hujum vaqtida Kellining oila a’zolari jabrlanmagan.
Ma’lumot uchun, Denni Kelli so‘nggi jangini 2019 yilning oktyabr oyida Nik Kisnerga qarshi o‘tkazgan va ikkinchi raundda uni nokautga uchratgan. 30 yoshli bokschi faoliyati davomida 10 g‘alaba va uch mag‘lubiyat qayd etgan.