Amerikalik basketbolchi Brittni Grayner Rossiyada 9 yilga qamaldi
Sport
−
04 avgust 2022
9551Amerikalik basketbolchi Brittni Grayner Moskva viloyati Ximki sudi tomonidan 9 yilga ozodlikdan mahrum qilindi va 1 million rubl miqdorida jarimaga tortildi. Sud amerikalikni kontrabanda va giyohvand moddalarni saqlashda aybdor deb topdi. Bu haqda “Championat” nashri yozmoqda.
Qayd etish kerakki, Basketbolchi joriy yilning 17 fevral kuni “Sheremetevo” ayeroportida qo‘lga olingan. U giyohvand moddalar kontrabandasida (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 229.1-moddasi 2-qismi) va ularni noqonuniy tashishda (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1-qismi) gumonlangandi.
Avvalroq, Prokuror Brittni Graynerga 9,5 yillik qamoq jazosi va 1 million rubl miqdoridagi jarimaga tortishni talab qilingani haqida xabar berilgandi. Bundan oldin esa Rossiya va AQSH o‘zaro mahbuslarni almashtirishi mumkinligi aytilgandi.
Ma’lumot uchun, Brittni basketbol bo‘yicha AQSH ayollar terma jamoasi bilan birgalikda ikki karra Olimpiya chempioni hisoblanadi. U 2015 yildan beri Rossiyaning UGMK basketbol klubida faoliyat yuritib kelardi. Shuningdek, Grayner WANBA'ning eng kuchli 25 basketbolchisi ro‘yxatiga kiritilgan.
LiveBarchasi