Amerikaga narkotik bilan kirganlarni Oq uyga taklif qilishadimi? – Dmitriy Guberniyev

Sport

image

Rossiyalik mashhur sport sharhlovchisi Dmitriy Guberniyev amerikalik basketbolchi va ikki karra olimpida chempioni Brittni Graynerning Rossiyada 9 yilga qamalganiga munosabat bildirar ekan, Amerikaga narkotik bilan kirganlar Oq uyga taklif qilinmasligini, balki 19 yilga qamalishi mumkinligini aytgan. Bu haqda “Matcha TV” telekanali xabar berdi.

“Grayner Rossiya Federatsiyasi qonunlarini buzdi. Izoh berish uchun alohida narsa yo‘q. Og‘ir jinoyat va shunga yarasha og‘ir jazo. Albatta, u afsusda, chunki u basketbol o‘ynash uchun kelgan va mamlakatda qolishining bunday tugashini kutmagan edi. Lekin qonun, bu – qonun.  To‘qqiz yil juda uzoq emasmi? Agar sen Amerikaga narkotik bilan kirsang, senga bonus berib, Oq uyga taklif qilishadimi? Yo‘q, seni qamashadi, albatta. Menimcha, hatto 9 yil emas, balki 19 yilga”, degan sport sharhlovchisi.

Avvalroq, Grayner Moskva viloyati Ximki sudi tomonidan narkotik moddalar kontrabandasi va ularni saqlashda aybdor deb topilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Ma’lumot uchun, Brittni basketbol bo‘yicha AQSH ayollar terma jamoasi bilan birgalikda ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni hisoblanadi. U 2015 yildan beri Rossiyaning UGMK basketbol klubida faoliyat yuritib kelardi. Shuningdek, Grayner WANBA'ning eng kuchli 25 basketbolchisi ro‘yxatiga kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Brittni Grayner “Matcha TV” Dmitriy Guberniev

Baholaganlar

75

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing