Amerikada 400 ming iste’molchi  elektr tokisiz qoldi

Olam

image

Kecha, 28 oktyabr kuni AQSHning Luiziana shtati qirg‘oqlariga "Zeta" dovuli yopirildi.

Dovul kuchli shamol va yomg‘irga sabab bo‘lgan. Oqibatda Luizianadagi deyarli 400 ming iste’molchi elektr tokisiz qolgan. Shuning uchun svetoforlar o‘z vazifasini bajara olmagan. Rasmiylar aholini avtomobildan foydalanmay turishga chaqirgan.

Shamol tezligi 177 kilometr soatga yetgani uchun "Zeta" ikkinchi darajali bo‘ron deya baholangan. 

Bularning barchasiga qaramay, Luiziana shtati Gubernatori Jon Bell Edvards aholini ushbu vaziyatda yaxshi narsalarni ko‘rishga chaqirgan. U bo‘ron qancha tez harakatlansa, shuncha tez o‘tib ketishi mumkinligini aytgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Zeta" joriy mavsumda Amerika qirg‘og‘iga urilgan 11-bo‘ron bo‘lib, 1916 yilgi rekordni yangilagan. 1916 yilda Amerika qirg‘oqlariga 9 marotaba bo‘ron urilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

dovul amerika

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing