Amerika terrorchilarni o‘qitib, mintaqani qon ko‘liga aylantirmoqda – Erdo‘g‘an

Olam

image

Amerika hozirda barcha terrorchi tashkilotlarni tayyorlamoqda, o‘qitmoqda va qurollantirmoqda va afsuski, xoh Suriya bo‘lsin, xoh Yaqin Sharq, mintaqani qon ko‘liga aylantirmoqda. Bunday ayblov bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an chiqdi. U bu haqda Avstriya kansleri Karl Nexammer bilan Anqarada bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardan keyin jurnalistlar bilan muloqotda so‘z ochdi. 

“Amerika samolyot tashuvchi kemasining Isroilda nima ishi bor, ular nima qilyapti? Samolyot tashuvchisidagi barcha qayiqlari va samolyotlari bilan u yerda nima qilyapti? U yerda butun G‘azo va uning atrofini urib, vayron qilib, o‘ta jiddiy qirg‘in qilishni boshlaydilar. Hozir men bu yerda bir narsani aytishim kerak: bugungi kunda Suriyada 20 dan ortiq Amerika bazalari mavjud. Amerika bazalari Suriyada nima qilyapti? Bu bazalarda nimalar qilishyapti, 23 ta baza. Bularning barchasiga baho berishimiz kerak emasmi?” deydi Turkiya rahbari. 

Uning qayd etishicha, terrorizmga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik va umumiy iroda muhim ahamiyatga ega. Turkiya bu borada Avstriyadan yaqinroq hamkorlikni kutmoqda.

Erdo‘g‘an, Anqaraning tartibsiz migratsiyaga qarshi kurashdagi yetakchi mavqei va uning Yevropa xavfsizligiga qo‘shgan hissasini alohida eslatib o‘tdi. 

“Aslida masalaga faqat Hamas sifatida qarasak, adolatli bo‘lmaydi. Hamasning yo‘qotishi nima? Isroilning yo‘qotishi nima? Buni ko‘rib chiqsak, faqat Xamas jiddiy yo‘qotishga duchor bo‘lganini ko‘ramiz”, deydi Erdo‘g‘an. 

Erdo‘g‘an so‘zida davom etib, G‘azodagi to‘qnashuv bir kunning emas, yillar davomidagi adolatsizlikning oqibati ekanini qayd etgan. 

“Qarang, hozir G‘azoga suv berilmayapti. Inson huquqlari haqida nima deyish mumkin? Elektr yo‘q. Inson huquqlari haqida nima deyish mumkin? Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga ko‘ra, suvni to‘xtatib bo‘lmaydi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga ko‘ra, elektr energiyasini o‘chira olmaysiz. Hozir tasavvur qila olasizmi, G‘azodagi shifoxonalar qanday ahvolda? Ular ishlayaptimi? Afsuski, yo‘q. Ammo ibodatxonalar va shifoxonalarga shafqatsizlarcha hujum qilinmoqda. Buni tomosha qilib turganlar esa miq etmayapti”, deydi Turkiya rahbari. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Falastin Isroil G'azo sektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made