Amerika Suriyaga hujum qilishdan oldin Rossiyaga xabar berganmi?

Olam

image

Amerika Suriyaga havo hujumini boshlashdan to‘rt-besh daqiqa oldin Rossiya harbiylariga xabar bergan. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun, 26 fevral kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.

“Bizning harbiylarimizga havo hujumidan to‘rt-besh daqiqa oldin ogohlantirish berildi. Albatta, bunday xabarnoma hech narsa bermaydi. Chunki xabar berilganidan so‘ng, zarba darhol amalga oshirildi”, deydi vazir.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva amerikalik hamkasblarining Suriyadagi bo‘lajak rejalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qiziqib ko‘radi.

“Biz yaqinda turli xil manbalardan ko‘plab ma’lumotlarni oldik. Biz buni tasdiqlay olmasakda, amerikaliklardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘ramoqchimiz. Aytishlaricha, ular hech qachon Suriyani tark etmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilyapti, hatto bu mamlakatni yo‘q qilishgacha bormoqchi”, deydi vazir.

Lavrov AQSH Suriyaga noqonuniy joylashib olganini eslatib, Moskva bir necha bor Amerika tomonining Suriyada, jumladan Iroq bilan chegaradagi Al-Tanf aholi punkti hududida amalga oshirayotgan harakatlariga nisbatan xavotir bildirgan.

“Ular ayirmachilik pozitsiyasida qolishni, Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarga bosim o‘tkazuvchi vositalardan foydalangan holda, hattoki insonparvarlik yordamining har qanday ta’minotini to‘sishda davom etmoqda. Iqtisodiyotni tiklash uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna va materiallar haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi”, deydi Lavrov.

Shu bilan birga Lavrov, AQSH Suriya hududidagi uglevodorod resurslaridan noqonuniy ravishda foydalanyotganini qo‘shimcha qilgan.

“Bizning amerikaliklar bilan aloqa kanallarimiz bor. Harbiy aloqa kanalidan tashqari, to‘qnashuvlarning oldini olishga qaratilgan “dekonflikting“ kanali mavjud”, deydi Rossiya Tashqi ishlar vaziri.

Eslatib o‘tamiz, 26 fevralga o‘tar kechasi AQSH Suriya-Iroq chegarasi hududiga aviazarbalar berdi. Pentagonning ta’kidlashicha, ushbu zarbalar Iroqdagi Amerika ob’ektlariga qilingan qator hujumlarga javoban amalga oshirilgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu zarbalar nishonida – eronparast Hizbulloh guruhi, shu jumladan Sayyid ash-Shuxada bo‘lgan.

Suriya davlat mediasi Vashingtonning harakatlarini tajovuzkorlik, deb atadi va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘qligi to‘g‘risida xabar berdi. Saudiya Arabistonining “Al- Xadas” telekanali esa eronparast tuzilmalarning 17 a’zosi o‘lganini qayd etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Suriya aviahujum

Baholaganlar

611

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing