Amerika orzusi: 100 dan ortiq kishi Green Card ortidan chuv tushdi

Jamiyat

image

Jizzax viloyatida soxta Green Card hujjatlarini tayyorlab, 103 kishining 2 milliard 597 million so‘mini firibgarlik bilan qo‘lga kiritgan 3 nafar shaxsga nisabtan sud o‘z hukmini o‘qidi. Bu haqda viloyat prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, fuqaro D.R, A.G‘. va R.N.lar jinoiy til biriktirgan holda 103 nafar jabrlanuvchilarni o‘zlari tayyorlagan soxta hujjatlar asosida Amerika Qo‘shma Shtatiga borishi uchun Green Card lotoreyasidan yutuq chiqqanligiga ishontirib, aldash yo‘li bilan ularning jami 2 milliard 597 million so‘m pul mablag‘larini qo‘lga kiritgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Arnasoy tuman sudining tegishli hukmiga ko‘ra, D.R. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Mahkum D.R. jazoni o‘tashiga monelik qiladigan og‘ir kasallikka chalinganligi sababli, unga nisbatan hukm bilan belgilangan jazoning ijrosi 4 oyga kechiktirilgan. Jizzax viloyati sudi apellyatsiya instansiyasining tegishli ajrimiga ko‘ra, sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Sud qarorlarining qonuniyligi o‘rganilganda, protest keltirish uchun asoslar topilmagan. Bundan tashqari, A.G‘. va R.N. tergovdan yashiringanligi sababli, ularga nisbatan sudning ajrimiga ko‘ra, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qidiruv e’lon qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax Green Card Amerika orzusi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing