Amerika kubogida pushti kartochkalardan foydalaniladi

Sport

image

Pushti kartochkalar birinchi marta yaqinlashib kelayotgan Amerika kubogi-2024'da qo‘llaniladi. Bu haqda AS xabar berdi.

Ushbu karta bosh jarohati tufayli zudlik bilan almashtirilishi kerak bo‘lgan futbolchi uchun mo‘ljallangan.

Qayd etilishicha, jamoalarda 6 yoki 7 nafar o‘rinbosar bo‘ladi. Ushbu qoida hali ishlab chiqilmoqda.

Pushti kartani almashtirishni amalga oshirish uchun murabbiylar hakamni oldindan xabardor qilishlari kerak. Almashtirilgan futbolchi qaytib maydonga tusha olmaydi. Ushbu almashtirish har bir o‘yinda faqat bir marta qo‘llaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

Amerika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made