Amerika kubogi: Yarim finalning barcha ishtirokchilari aniq bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 7 iyul tongida futbol bo‘yicha Amerika kubogi chorak finali doirasida 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi. Kolumbiya Panama bilan bahs olib borgan bo‘lsa, Braziliya Urugvayga qarshi maydonga tushdi.

Kolumbiya-Panama o‘yinida kolumbiyaliklar to‘liq ustunlikni o‘z tarafiga og‘dirib, yirik 5:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda gollarga Jon Kordoba, Xames Rodriges, Fernando Dias, Richard Rios va Anxel Borxa mualliflik qildi.

Braziliya va Urugvay jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa 4:3 hisobida urugvayliklar zafar quchib, yarim finalga yo‘l oldi.

Yarim finalda Urugvay va Kolumbiya o‘zaro bahs olib boradi. Ikkinchi finaloldi o‘yinda esa Argentina Kanada bilan kuch sinashadi. O‘yinlar 10-11 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Amerika kubogi Yarim final

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing