Di Mariya ko‘ziga yosh olib, terma jamoa bilan xayrlashdi (video)
Sport
−
15 iyul
3848Amerika kubogi finali Argentina tema jamoasi yetakchilaridan biri Anxel Di Mariya uchun terma jamoadagi oxirgi o‘yin bo‘ldi.
Sheriklari tomonidan kiritilgan goldan so‘ng Di Mariya almashtirildi. Uning o‘rniga himoyachi Nikolas Otamendi maydonga tushdi. Zaxira o‘rindig‘iga ketayotganda Di Mariya yig‘lab, muxlislar bilan xayrlashdi.
36 yoshli Di Mariya terma jamoadagi faoliyati davomida jami 145 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol urdi va 32 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U terma jamoada 2 marta Amerika kubogi, 1 marta Jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, Di Mariya 2008 yilda Argentina Olimpiya terma jamoasi bilan Olimpiada o‘yinlarida g‘olib bo‘ldi.
Qayd etish joiz, 2024 yilgi Amerika kubogi Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi uchun oxirgi qit’a birinchiligi bo‘ldi, biroq hozircha Messini qachon terma jamoa bilan xayrlashishi noma’lum.