Amerika kubogi: Urugvaylik futbolchilar Kolumbiya muxlislari bilan mushtlashdi

Sport

image

Urugvaylik futbolchilar Amerika kubogi yarim final uchrashuvidan so‘ng kolumbiyalik muxlislar bilan mushtlashdi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Urugvay va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti 11 iyul tongida Sharlott shahrida bo‘lib o‘tdi va 1:0 hisobida kolumbiyaliklar foydasiga hal bo‘ldi.

Manbaga ko‘ra, urugvaylik futbolchilar o‘yindan so‘ng o‘z muxlislari bilan salomlashish uchun tribunaga yaqinlashgan. Kolumbiya terma jamoasi muxlislari urugvayliklarga turli buyumlar uloqtirgan, shundan so‘ng futbolchilar va muxlislar o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqqan. Urugvay terma jamoasi himoyachisi Ronald Arauxo va Darvin Nunes raqib jamoa muxlislariga faol qarshilik ko‘rsatgan. Mushtlashuv ishtirokchilari politsiya tomonidan ajratilgan.

Ma’lumot uchun, Amerika kubogi finalida Kolumbiya terma jamoasi Argentina termasi bilan o‘ynaydi, bir kun avval urugvayliklar Kanada termasi bilan uchinchi o‘rin uchun o‘yinda maydonga tushadi. Kolumbiya-Argentina o‘rtasidagi final o‘yini Toshkent vaqti bilan 15 iyul tongida soat 5:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Urugvay Amerika kubogi Kolumbiya mushtlashuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing