Amerika elchisi o‘zbekistonliklarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi (video)

Jamiyat

image

AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik o‘zbekistonliklarni Qurbon hayiti bilan qutladi.

“Qurbon hayitini nishonlar ekanmiz, men O‘zbekiston xalqiga va dunyodagi musulmonlarga, shuningdek Amerikadagi millionlab musulmonlarga o‘z tabrigimni yo‘llamoqchiman”, deydi diplomat.

U Qashqadaryo viloyatidagi Langar ota masjidiga borib, o‘z tabrigini o‘sha joydan turib yo‘llagan.

“Ushbu bayramni nishonlar ekanmiz, chiroyli joy bo‘lmish Qashqadaryodagi muqaddas Langar ota ziyoratgohida turib, ushbu tabrikni yo‘llash men uchun katta sharaf”, deydi u.

Elchi bu yerga hatto amerikaliklar ham tez-tez kelishini aytgan.

“Tarix, madaniyat va dinni qamrab olgan ushbu maskan shu yerdagilarning e’tiqodini yanada mustahkamlaydi. Chikagodagi musulmon oilalar ham bayram arafasida bu yerga kelib, turli taomlardan bahramand bo‘ladi. O‘zim va Amerika xalqi nomidan bayram bilan tabriklayman. Sizga va sizning oilangizga xursandchilik va salomatlik tilayman. Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!” degan Henik o‘z tabrigida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat aholisini Qurbon hayiti bilan tabriklagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh elchisi Qurbon hayiti Jonatan Henik Langar ota masjidi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing