Amazonka daryosidan sobiq UFC jangchisining jasadi topildi

Sport

image

Braziliyada Amazonka daryosining eng yirik chap irmog‘i — Rio Negro tubidan 45 yoshli sobiq UFC jangchisi, braziliyalik Jeronimo Dos Santosning jasadi topildi. G‘avvoslar uning jasadini toshlar ostida qolib ketgan holda topgan. Bu haqda MMA Fighting portali xabar berdi.

Tergovchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, Jeronimo joriy yilning 14 dekabr kuni ertalab daryoga tushib ketgan va shundan so‘ng suv yuzasiga qaytmagan. Qidiruv-qutqaruv ishlari o‘sha kunning ikkinchi yarmida boshlangan. Fojia daryoning xavfli hududida yuz bergan. U yerda qum to‘sig‘i kuchli oqim sabab tik chuqurlikni yashirgan. Taxminlarga ko‘ra, aynan shu holat sportchining suv ostida qolib ketishiga sabab bo‘lgan.

Aralash jang san’ati (MMA) faoliyati davomida Dos Santos 72 ta jang o‘tkazib, Vitaliy Minakov, Vyacheslav Datsik, Sergey Xaritonov, Junior dos Santos va boshqa taniqli jangchilarga qarshi ringga chiqqan.

Jeronimo Dos Santosning so‘nggi jangi 2025 yil 4 aprel kuni BKFC turnirida bo‘lib o‘tgan. Ushbu bahsda u rossiyalik MMA faxriysi Aleksey Oleynikni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chikagoda 31 yoshli MMA jangchisi Isaak Jonson Matador Fighter Challenge musobaqasida ishtirok etayotganida, jang oxirida yerga yiqilib tushdi va bir necha soat o‘tib vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Braziliya Jeronimo Dos Santos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing