MMA jangchisi Chikagoda jangdan keyin vafot etdi
Sport
−
24 noyabr 5437 2 daqiqa
Chikagoda 31 yoshli MMA jangchisi Isaak Jonson Matador Fighter Challenge musobaqasida ishtirok etayotganida, jang oxirida yerga yiqilib tushdi va bir necha soat o‘tib vafot etdi. Bu haqda NBC Chicago xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, voqea joriy yilning 21 noyabr kuni Chikagoda sodir bo‘lgan. Isaak Jonson “Sisero” stadionida Matador Fighter Challenge musobaqasi davomida jarohat olgan va mahalliy vaqt bilan 20:38 da tez yordam chaqirilgan. Jonson shifoxonada soat 12:01 da vafot qilgan. Shahar tibbiy ekspertizasi idorasi o‘lim sababi va usulini aniqlash uchun otopsi rejalashtirilganini bildirgan. Shu bilan birga, Sisero politsiyasi ham voqea bo‘yicha tergov boshlangan.
“Bu men hech qachon yozmayman deb umid qilgan post. Kecha bizning tadbirimizdagi jangchilardan biri Isaak Jonson jangining oxirida yiqilib tushdi. Tibbiy yordam ko‘rsatildi va u shifoxonaga yotqizildi. Ertalab soat 1:30 da menga uning omon qolmaganligi haqida xabar berishdi. Hozir his-tuyg‘ularimni so‘z bilan ifodalash qiyin; faqat uning oilasi, do‘stlari va jamoadoshlariga chuqur hamdardligimni bildiraman. O‘lim sababi haqida tibbiy xulosa chiqishi bilan to‘liq ma’lumot olamiz”, deya yozadi promouter tashkilot o‘zining Facebook sahifasida.
Ma’lumot uchun, Chikago MMA va Braziliya jiu-jitsu maktablari bilan mashhur bo‘lib, shahar bir nechta mashhur jangchilarni yetishtirgan, jumladan UFC chempioni Belal Muhammad va sobiq PFL chempioni Lui Teylor.
Live
Barchasi