Alyaskaga Rossiyadan kimlar borishi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
14 avgust 18451 2 daqiqa
Rossiyaning AQSH bilan Alyaskada ertaga, 15 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan muzokaralari uchun boradigan delegatsiyasi tarkibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda bugun, 14 avgust kuni Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, tarkibga Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Ushakovning o‘zi, Mudofaa vaziri Andrey Belousov, Moliya vaziri Anton Siluanov hamda Prezidentning investitsion-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bosh direktori Kirill Dmitriyev kiradi.
Ushakovning aytishicha, Amerika delegatsiyasi tarkibi ham belgilangan, biroq uni AQSH tomoni e’lon qilishi “to‘g‘riroq bo‘ladi”.
Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar yakunida delegatsiyalar a’zolari qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazadi va Rossiya delegatsiyasi muzokaralar tugashi bilan darhol Alyaskadan uchib ketadi.
Ma’lumot uchun, ertaga, 15 avgust kuni Rossiya va AQSH Prezidentlari Vladimir Putin hamda Donald Tramp Alyaskada Rossiya-Ukraina mojarosini yakunlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi. Uchrashuv shtatning eng yirik shahri Ankorijda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “The Telegraph” vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib, Donald Tramp Ankorijda bo‘lib o‘tadigan sammitda Vladimir Putinga Moskva uchun bir qancha qulay takliflar bilan chiqishi haqida xabar bergan edi. Takliflar orasida Moskvaga Alyaskaning tabiiy resurslaridan foydalanish imkoniyatini berish va Rossiya aviatsiya sanoatiga nisbatan AQSH sanksiyalarini bekor qilish bor.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr